“Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasi yangi tarif tizimini joriy qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi aholisi uchun aviaparvozlar imkoniyatini oshirish maqsadida, Uzbekistan Airways iqtisodiy klass tariflar tizimini to‘liq yangiladi.
Endilikda 10 ta avvalgi tarif darajasi o‘rniga soddalashtirilgan 4 ta tarif tizimi joriy etildi. Maksimal tariflar pasaytirildi, bu esa quyidagi afzalliklarni beradi:
• Tarif narxlarini tanlash tushunarliroq va shaffofroq bo‘ladi
• Minimal tariflar bo‘yicha mavjud joylar soni oshiriladi
• Ko‘proq yo‘lovchilar arzon aviachiptalardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi
Har bir tarifda ikki xil variant mavjud:
qaytarilishi mumkin bo‘lgan (bagaj bilan) va qaytarilmaydigan (bagajsiz) chiptalar.
Eng past chipta narxi o‘zgarishsiz qolgan, tariflar oralig‘i esa qulaylik, moslashuvchanlik va narx o‘rtasidagi balansni ta’minlash uchun optimallashtirilgan.
Maksimal tariflarning pasaytirilishi esa aholining mobilligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi tarif tarmog‘i quyidagi yo‘nalishlarga nisbatan amal qiladi:
• Toshkent – Samarqand: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Namangan: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Farg‘ona: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Qarshi: 278 000 so‘mdan
• Toshkent – Termiz: 424 000 so‘mdan
• Toshkent – Buxoro: 293 000 so‘mdan
• Toshkent – Urganch: 512 000 so‘mdan
• Toshkent – Nukus: 512 000 so‘mdan
• Buxoro – Urganch: 336 000 so‘mdan
Yangilangan tarif tizimi tufayli aviakompaniya respublika boʻylab havo qatnovidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yoʻlovchilar doirasini sezilarli darajada kengaytirishni kutmoqda.
#Uzbekistan Airways