Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 11/06/2025 Uzbekistan Airways Boeing delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uzbekistan Airways Boeing delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda "Uzbekistan Airways" AJ vakillarining Boeing korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Amerika kompaniyasi tomonidan Boeing katta vitse-prezidenti Brendan Jon Nelson, Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha direktor Mario Antonio Ebsim, shuningdek,Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktor Aysem Sargin ishtirok etdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, Uzbekistan Airways  Boeing korporatsiyasi bilan havo kemalarini yetkazib berish va ulardan foydalanish sohasida ko‘p yillardan buyon  hamkorlik qilib kelayotgani ta’kidlandi. Uchrashuv samarali va ishchan ruhda o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling