Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 20/02/2025 Uzbekistan Airports ziyorat turlarini tashkil etuvchi turistik kompaniyalarga cheklovlar haqidagi xabarlarga izoh berdi

Uzbekistan Airports ziyorat turlarini tashkil etuvchi turistik kompaniyalarga cheklovlar haqidagi xabarlarga izoh berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airports kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoniga ziyorat turlarini tashkil etuvchi turistik kompaniyalar uchun cheklovlar joriy etilgani haqida tarqalgan maʼlumotlarga munosabat bildirdi.

Tarqatilgan videomateriallarda Toshkent xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoniga ziyorat turlarini tashkil etuvchi turistik kompaniyalar cheklovlar joriy qilingani haqida xabar qilingan edi.

Uzbekistan Airports bu maʼlumotlarni rad etdi va aeroport tomonidan hech qanday cheklovlar kiritilmaganini taʼkidladi.

Kompaniyaning maʼlum qilishicha, aviachiptasi mavjud barcha yo‘lovchilar reyslarga o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tib, parvozga jo‘nab ketishgan.

#Uzbekistan Airports  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling