Valyuta kurslari 06/08/2025
$1 – 12524.89
UZS – -0,76%
€1 – 14456.23
UZS – -0,96%
₽1 – 156.54
UZS – -1,2%
Qidirish
Iqtisod 16/01/2025 UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun kontraktatsiyani boshlaydi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun kontraktatsiyani boshlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “UzAuto Motors” AJ Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari xaridi uchun avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtoSavdo ilovasi orqali  tuzilishi mumkin bo‘ladi.

Telegram-bot navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.

#UzAuto Motors  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling