Urganch shahriga 30 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Urganchga 30 ta zamonaviy avtobus yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Urganch shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida zamonaviy avtobuslari olib kelinishi davom etmoqda.
Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘llanuvchi “Bunyod yo‘lovchi tashish” korxonasi tomonidan XXRda ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 dona "Zong tong" rusumli avtobuslar keltirildi.
Korxona tomonidan "O‘zmilliybank" AJning imtiyozli kreditlari asosida qariyb 8 million dollar evaziga jami 80 dona "Zong tong" rusumli avtobuslarni xarid qilindi.