Umumjahon pochta ittifoqining bayonnomalari ratifikatsiya qilinmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning yalpi majlisida “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga O‘ninchi qo‘shimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va O‘n birinchi qo‘shimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, Qonun bilan ratifikatsiya qilinayotgan bayonnomalar Umumjahon pochta ittifoqiga aʼzo mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini va xalqaro pochta almashinuvini tashkil etish hamda samarali xizmatlarni barqaror rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, Umumjahon pochta ittifoqi Ustaviga ratifikatsiya qilinayotgan qo‘shimcha bayonnomalar aʼzo davlatlarning pochta operatorlari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarida O‘zbekiston manfaatlarini o‘z vakolatlari doirasida vakillik qilishi va himoya qilishi belgilanmoqda.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun qabul qilinishi O‘zbekistonning Umumjahon pochta ittifoqi faoliyatida samarali va faol ishtirok etishiga imkon beradi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.