TXIF doirasida O‘zbekistonning sanoat salohiyatiga bag‘ishlangan ilk Milliy ko‘rgazma o‘tkaziladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) doirasida O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatiga bag‘ishlangan ilk Milliy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur forum 2025 yil 10–12 iyun kunlari o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmada iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan o‘ndan ziyod tarmoqlarini ifodalovchi 90 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etadi. Ular orasida neft-kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar mavjud.
Ushbu tadbir xalqaro hamkorlarga mamlakat tarmoqlarining hozirgi holati haqida aniq va har tomonlama tasavvur hosil qilish, shuningdek investitsiya jalb qilishga tayyor loyihalar bilan tanishish imkonini beradi.