Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 14/04/2025 Turkqoʻrgʻon ko'chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi

Turkqoʻrgʻon ko'chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash maqsadida Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo'li boʻylab Turkqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Xurshida ko'chasi kesishmasigacha boʻlgan qismida 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o'tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 13-aprel kunidan 25-aprel kuniga qadar Turkqoʻrgʻon koʻchasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanishini ma'lum qilamiz. Harakat har ikki yo'nalishda yo'lning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.

Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so'rab, aylanma yo'llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling