Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Turizm, qarindoshlarnikiga borish va o‘qish: AQSHga ketayotgan o‘zbekistonliklar oqimi qanday o‘smoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, AQSHga sayohat maqsadida borayotgan respublika fuqarolari soni ortib bormoqda.
2025 yilning dastlabki ikki oyi davomida AQSHga 2 000 nafar o‘zbekistonlik safar qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 291 nafarga (16,7%) ko‘pdir.
2025 yil yanvar–fevral oylarida o‘zbekistonliklarning AQSHga safar maqsadlari:
Turizm — 1 472 nafar
Qarindoshlarnikiga borish — 489 nafar
O‘qish — 63 nafar
Xizmat safarlari — 12 nafar