Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 12/04/2025 Transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ham maʼmuriy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi:

BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;

xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:

BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling