Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 19/03/2025 Transport vaziri Yevropaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari bilan uchrashdi

Transport vaziri Yevropaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-mart kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama etishdi.

Bunda «Global Gateway» dasturi doirasidagi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga, xususan, Uchquduq-Qizilo‘rda yangi temir yo‘l va avtomobil yo‘lini qurish loyihalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

I.Maxkamov O‘zbekistonning Yevropa transport vazirlari konferensiyasi (ECMT) ko‘p tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qo‘shilishida Yevropa Ittifoqining yordami masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘shma sanoat-logistika parklarini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling