Toshkentdagi vagon taʼmirlash deposida yirik yong‘in ro‘y berdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahridagi Shimoliy vokzal hududida joylashgan vagon taʼmirlash deposida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yonish haqidagi xabar soat 23:58 da poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan.
Yong‘in keng maydonni qamrab olgan bo‘lib, aloangalari uzoq masofadan ko‘ringan. Yaqin atrofdagi turar joy massivlari aholisi havodagi qattiq yong‘in hidi haqida xabar berishgan.
Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha otryadlar voqea joyiga soat 00:03 da yetib kelgan. FVB maʼlumotiga ko‘ra, yong‘in 01:31 da lokallashtirilgan, to‘liq o‘chirish ishlari esa 02:48 da yakunlangan.
Xayriyatki, hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.