Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 02/08/2025 Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasida 25 avgustgacha harakat cheklanadi

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasida 25 avgustgacha harakat cheklanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shota Rustaveli ko‘chasida harakat vaqtincha cheklanadi — avtobus yo‘nalishlariga o‘zgarish kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

2025 yil 2 avgustdan 25 avgustgacha Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasining “Grand Mir” mehmonxonasi kesishmasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Shu sababli, mazkur orqali transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Quyidagi avtobus yo‘nalishlariga vaqtincha o‘zgartishlar kiritildi:

18, 38, 58, 67 — Shahrisabz → Mirobod → Nukus → Bobur → Sh. Rustaveli ko‘chalari orqali harakatlanadi.

57, 81, 98 — Mirobod → Yusuf Xos Hojib → Bobur ko‘chalari orqali harakatlanadi.

127 — Nukus → Muqimiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Rekonstruksiya davomida tirbandlik va yo‘nalishlarda qo‘shimcha o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Avtobuslar harakat vaqtida kechikishlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling