Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston 17/02/2025 Toshkentda YTH: 19 yoshli haydovchi ona va ikki farzandini urib ketdi

Toshkentda YTH: 19 yoshli haydovchi ona va ikki farzandini urib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15 fevral kuni Toshkentda dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 19 yoshli Spark haydovchisi ona va uning ikki farzandini urib ketdi.

Hodisa Yunusobod tumanidagi Amir Temur prospektida soat 20:15 atrofida ro‘y bergan. Avtomobil katta tezlikda harakatlanayotgani sababli haydovchi piyodalarni urib yuborgan.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol tez tibbiy yordam muassasasiga yetkazilgan va unga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Farzandlari ham jiddiy jarohat olgan. O‘g‘li o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Qizi esa juda og‘ir ahvolda, ichki organlarining jiddiy shikastlangani aniqlangan. Ona ham og‘ir jarohatlar olgan bo‘lib, u va uning qizi hozirda reanimatsiya bo‘limida.

Ayni paytda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan tergovgacha bo‘lgan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling