Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 21/07/2025 Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida 64-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi yo‘lovchi avtobusi to‘liq yondi. Hodisa tafsilotlari poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan eʼlon qilindi.

20 iyul kuni soat 12:44 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Birlik mavzesida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVB xabar kelib tushdi.

Yong‘in-qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:50 da yetib borib, yong‘in soat 12:53 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Aniqlanishicha, yongan avtobus 18-avtoparkka tegishli bo‘lgan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘in sabablari va holatning barcha jihatlarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling