Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 04/06/2025 Toshkentda Vengriyaning ZA-Invest Poultry Kft kompaniyasi ishtirokida parrandachilik sohasida investisiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda Vengriyaning ZA-Invest Poultry Kft kompaniyasi ishtirokida parrandachilik sohasida investisiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Toshkent shahrida Vengriyaning OTP Group konserniga kiruvchi ZA-Invest Poultry Kft. kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida Sirdaryo viloyatida 130 gektar maydonda zamonaviy parrandachilik klasterini yaratish bo‘yicha loyihaning texnik va moliyaviy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha doirasida yer ajratish, infratuzilma bilan ta'minlash hamda investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Loyiha doirasida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan zamonaviy kompleks tizim qurilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida investitsiya loyihasini amalga oshirish mexanizmi va muddatlari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi hamda loyihani o‘z vaqtida hayotga tatbiq qilish yuzasidan bevosita hamkorlik qilish formati ishlab chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling