Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda Tesla elektromobili yonib ketdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17 aprel kuni tungi soatlarda Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Yalangach ko‘chasida Tesla rusumidagi elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in haqida xabar soat 23:51 da kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv guruhlari besh daqiqa ichida hodisa joyiga yetib borib, soat 23:59 da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan. Yaxshiki, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Hozirgi vaqtda mutaxassislar yong‘inning sabablarini aniqlash va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini baholash bilan shug‘ullanmoqda.