Toshkentda O‘zbekiston va Cerberus Frontier yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Cerberus Frontier (AQSh) kompaniyasi boshqaruvchi direktori Mixail Nibladze o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar energetika, kimyo, metallurgiya sanoati va AKT sohalarida yangi istiqbolli investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.
Cerberus Frontier rahbariyati Oʻzbekistonda yaratilgan investitsiya muhitining amaliy va qonunchilik jihatlarini yuqori baholadi va Oʻzbekiston bozorida, jumladan, mahalliy aloqa operatorlari bilan hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
Cerberus Frontier kompaniyasi 2011-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaning tez rivojlanayotgan mamlakatlariga sarmoya kiritadi. Dunyoning 6 ta davlatida vakolatxonalari mavjud. Kompaniyaning bosh qarorgohi Nyu-York shtatida joylashgan. Boshqaruv ostidagi aktivlar - 60 milliard dollar.