Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda O‘zbekiston-Polsha biznes forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent shahrida Polsha bilan boʻlib oʻtadigan navbatdagi Hukumatlararo komissiya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston - Polsha biznes forumi tashkil etiladi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Polshaning iqtisodiy salohiyati keng namoyish etilib, investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilinadi.
Mazkur forum doirasida hukumat va biznes (G2B) hamda biznes vakillari o‘rtasidagi (B2B) muzokaralaro‘tkazilib, o‘zaro manfaatli loyihalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashiladi.