Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda ikkita avtomobil yonib ketdi – qurbonlar yo‘q
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6 may kuni soat 12:22 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasida avtomobil yonib ketgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 12:28 da yetib borib, yong‘in soat 12:32 da o‘chirildi.
Yong‘inda "Damas" va "Cobalt" rusumli avtomobillar yonib zararlangan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.