Toshkentda 130 mingdan ortiq kontrabanda sigaretlar yo‘q qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6 mart kuni Toshkentning Yangihayot tumanida 132 180 dona noqonuniy aylanmadan olingan tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi.
Tadbir Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Majburiy ijro byurosi va jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etildi.
Ushbu sigaretlar to‘qqizta kontrabanda holati aniqlanganidan so‘ng musodara qilingan. Xususan, “Toshkent-AERO” maxsus bojxona majmuasi xodimlari kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 76 500 pachka Milano sigaretini ushlab qoldi. Aniqlanishicha, fuqaro B.K. ushbu mahsulotlarni noqonuniy saqlab, sotishga uringan. Fuqaro B.K. Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 7 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
"Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili" munosabati bilan kontrabanda mahsulotlarini yo‘q qilish jarayoni ekologik zararni kamaytirish choralari asosida o‘tkazildi.
Shu maqsadda:
Tamaki mahsulotlarining qag‘oz qutilari ajratildi va qayta ishlash uchun tadbirkorlarga topshirildi.
Sigaretlarning o‘zi va polietilen materiallari maxsus yoqish pechlarida utilizatsiya qilindi.