Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
v
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “L.A.” va “Z.P.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelgan fuqaro, korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, jami 1,9 mlrd so‘m mablag‘larini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.