Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 11/06/2025 Toshkent viloyatida 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilish holati aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilish holati aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatidagi ovqatlanish maskanida 1,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mana shundan tadbirlardan biri “Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida oʻtkazildi.

Xususan, tumanning “Doʻstlik” MFYda joylashgan, fuqaro I. T. ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida isteʼmolchi hisoblagichdan oldin yashirin yoʻllar bilan tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, energiya resursidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Isteʼmolchi tomonidan 1 milliard 329 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling