Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 03/03/2025 Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoyda muzokaralar o‘tkazdi: 120 million dollarlik memorandum imzolandi

Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoyda muzokaralar o‘tkazdi: 120 million dollarlik memorandum imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida boʼlib turibdi. Bu yerda savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator manfaatli uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.

Muzokara va muloqotlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki xalq oʼrtasidagi doʼst-birodarlikni mustahkamlashga qaratilgan oqilona siyosati yuksak ijobiy samara berayotgani qayd etildi. Bugun birgina Toshkent viloyatida 700 dan ortiq Xitoy kapitali ishtirokidagi qoʼshma korxona faoliyat yuritmoqda, ularda oʼn minglab vatandoshimiz mehnat qilmoqda.   

Oʼzbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasida Zoyir Mirzayev Shandun provintsiyasi tadbirkorlari bilan muloqot qildi. Muzokaralarda sanoat, qurilish, maishiy xizmat koʼrsatish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida soʼz bordi. Shuningdek, aholi dam olish maskanlari, xiyobon va istirohat bogʼlarini qayta tiklanuvchi energiyaga oʼtkazish, "Xitoy tajribasi" asosida qayta jihozlash borasida tomonlar fikr almashdilar.

Muzokaralarda Shandun provintsiyasi ilmiy-ommabop tadqiqotlar assotsiatsiyasining bosh kotibi Su Chjitszyun, «Sky Success International Investment Co.» va «Sky Asia International Investment Limited» kompaniyasi direktori Sun Xayfen, «Zhongru Ke Xinda Construction Group Co.» qurilish kompaniyasi bosh direktori Gao Szyunxay singari 10 dan ortiq taniqli tadbirkor ishtirok etdi. 

Toshkent viloyati hokimligi va «Beijing China sciences runyu environmental technology co ltd» kompaniyasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʼra, Yangiyoʼl shahrida qiymati 120 million АQSh dollari boʼlgan chiqindini qayta ishlash zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushsa, kuniga 800 tonna chiqindi yoqish orqali ishlaydigan elektr stantsiyasi aholiga xizmat koʼrsatishni boshlaydi.

Mazkur loyihani kelgusida yanada kengaytirib, kunlik quvvatini 400 ming tonna chiqindini zararsiz yoqish, elektr energiyasi ishlab chiqarish koʼzda tutilmoqda. Yaratilayotgan ish oʼrni 150 nafardan ortiq. Stantsiya toʼliq quvvat bilan ishga tushganida, sarmoyaviy miqdori 400 million АQSh dollariga yetishi kutilmoqda.

Vakillarimiz bugun kunning ikkinchi yarmida Аnxoy provintsiyasi Xefey shahriga joʼnab ketishdi. U yerda ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishuv, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy muzokaralar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling