Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
O‘zbekiston 24/06/2025 Toshkent metropolitenining Quruvchilar va Yangiobod oʻrtasidagi qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent metropolitenining Quruvchilar va Yangiobod oʻrtasidagi qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo’li yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oralig‘i bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.

Shu munosabat bilan Yer usti halqa yo’li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda.

Rejali profilaktik ishlarni keyingi navbatini amalga oshirish uchun 2025-yil 28-iyun sanasida boshlab, “Quruvchilar (12-bekat) - Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling