Toshkent hokimi va Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Peterburg mahallasini tashkil etish masalasini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linchenko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o'tdi.
Muzokaralar davomida shaharsozlik va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Yangi Toshkent shahri hududida hududlararo sheriklik aloqalarini mustahkamlashning ramzi sifatida "Peterburg mahallasi" turar-joy va jamoat makonini barpo etish g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar qulay shahar muhitini rivojlantirish, zamonaviy arxitektura yechimlarini joriy etish va aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar.