“Toshkent” fond birjasining foydasi olti oyda 11,2 milliard so‘mga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning I yarim yillik yakunlariga ko‘ra, "Toshkent" RFB'ning sof foydasi — 11,2 mlrd so‘mni qayd etdi. Taqqoslash uchun, 2024-yilning shu davrida bu ko'rsatkich atigi 177,3 mln so‘mni tashkil etgandi.
Bunday yuqori moliyaviy natijalarga tushumning 4,4 mlrddan 18,6 mlrd so‘mgacha o‘sishi (+320% y/y) hamda foiz shaklidagi daromadlarning oldingi yarim yillikka nisbatan 1,5 mlrddan 4,4 mlrd so‘mgacha ko‘payishi sabab bo‘ldi (189,7% y/y).
Qimmatli qog‘ozlar savdosining umumiy hajmi 12,02 trln so‘mni ($933,3 mln) tashkil etib, 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan 17 barobarga oshdi. Tuzilgan bitimlar soni 214 851 taga yetdi, shundan 85% birja kotirovka varagʻiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan.
O‘rtacha kunlik savdo hajmi esa 97,7 mlrd so‘mni ($7,59 mln) tashkil etdi.