Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 02/06/2025 TIV: BAAda xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi o‘zbek fuqarolarining kirish jarayonida vaqtincha qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda

TIV: BAAda xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi o‘zbek fuqarolarining kirish jarayonida vaqtincha qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BAA aeroportlarida o‘zbek fuqarolarining 5–8 soatlab tekshiruvdan o‘tishga majbur bo‘layotgani va ayrim hollarda ularga kirish rad etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov ushbu holat yuzasidan o‘zining Telegram-kanalida izoh berdi. Uning taʼkidlashicha, BAA aeroportlarida xorijiy fuqarolar, jumladan, o‘zbekistonliklar uzoq muddatli tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. «Bizning tomonimizdan ushbu holat yuzasidan maxsus monitoring olib borilmoqda», — deya taʼkidladi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda o‘zbek fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida BAA rasmiylari bilan tegishli muzokaralar o‘tkazdi va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Axror Burxanov taʼkidlaganidek, tekshiruv vaqtlarining ortishi mamlakatdagi bir qator xalqaro tadbirlar bilan bog‘liq xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi natijasidir. Shu bilan birga, mavjud resurslardan to‘liq foydalanilgan holda nazorat jarayonlari tezlashtirilmoqda va ayni paytda o‘zbek fuqarolari BAAga katta kechikishlarsiz kirib kelmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling