Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 28/04/2025 Tataristonlik Rais O‘zbekistondagi Chirchiq texnoparkiga tashrif buyurdi

Tataristonlik Rais O‘zbekistondagi Chirchiq texnoparkiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov "Chirchiq" texnoparkining faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishdi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov bilan birgalikda ishlab chiqarish maydonlarini ko'zdan kechirdilar va texnopark rezidenti bo‘lgan kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, istiqbolli loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hozirgi kunda texnoparkda 27 ta rezident-kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning umumiy investitsiya hajmi 147 million AQSh dollarini tashkil etadi.

19 ta korxona allaqachon ishlab chiqarish faoliyatini olib bormoqda.

2024-yilda texnopark rezidentlari 16,7 million dollarlik mahsulot ishlab chiqargan bo‘lib, uning 52 foizi eksport qilingan.

2025-yil boshidan ishlab chiqarish hajmi 7 million dollarni tashkil etdi.

2022-yilda ochilgan "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki O‘zbekiston kimyo sanoatining asosiy tarkibiy qismlaridan biriga aylangan va mintaqaning kimyo-sanoat sohasida o'z o‘rnini mustahkamlab, faol rivojlanishda davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling