Tanzila Narboyeva BMT Bosh kotibining Oliy vakili Rabob Fotima bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Avaza shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tadbirlarda qatnashish bilan birga xalqaro tashkilotlar vakillari hamda parlamentlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, Senat Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi.
Fatima Rababxonim Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasini yuksak baholab, bugungi Senat faoliyatini dunyo mamlakatlarining ko‘plab parlamentlari uchun namuna ekanligini eʼtirof etdi.
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro do‘stona munosabatlari hamda yaqin qo‘shnichilik aloqalari davlatlar va mintaqa rivoji, xalqlar farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida taʼkidlab o‘tildi.
Muloqot chog‘ida mintaqamizda tashqi savdo, transport va kommunikatsiya sohalaridagi imkoniyatlar hamda xalqaro darajada hamkorlikni kuchaytirish borasida istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalar hamda BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida qabul qilingan xujjatlarning samarali ijrosini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.