Sud reklamalar to‘g‘risidagi qonunni takroran buzgan kompaniya rahbarini javobgarlikka tortdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi reklamalar to‘g‘risidagi qonunchilikni takroran buzganligi uchun MO‘JIZA HONEYMOON MCHJ rahbarini javobgarlikka tortishni taʼminladi.
Avval xabar berilganidek, Raqobat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan! “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgan “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atib, natijada moliyaviy jarima qo‘llanilgandi.
Biroq, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJ rahbariga berilgan ko‘rsatma ijrosi taʼminlanmagan va ushbu reklamalar berilishi davom etganligi holati aniqlangan.
Yuqoridagi holat yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan qayta qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygani uchun “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJ rahbariga nisbatan maʼmuriy chora qo‘llash yuzasidan maʼlumotlar tegishli sudga yuborilib, sudning hal qiluv qarori bilan maʼmuriy javobgarlik tayinlandi.
Qo‘mita tadbirkorlarga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qaror va ko‘rsatmalari ijrosini lozim darajada bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangandan so‘ng davom ettirilsa jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkinligi taʼkidlandi