Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston 18/02/2025 Strategik islohotlar agentligida Xalqaro Maslahatchilar Kengashi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida Xalqaro Maslahatchilar Kengashi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va Xalqaro Maslahatchilar Kengashi a’zolari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida XMKning 2024-yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi hamda asosiy sohalarda islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qo'shma "yo‘l xaritasi" muhokama qilindi.

Muhokama davomida 2025-yilda hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, joriy yilda XMK bilan birgalikda Yevropa davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Avstriya, Polsha va Chexiya tajribasi asosida hududiy rivojlanish bo‘yicha kompleks yondashuv ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirdilar va iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishga kelishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling