Sovg'alar va g'amxo'rlik: InfinBank bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun aksiyani qo'llab-quvvatladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-uyin kuni Koreys yoshlar markazi Koreya madaniyati markazi saroyida bolalar uyida tarbiya olayotgan bolalarni to‘pladi. 350 dan ziyod bolakaylar ular uchun maxsus tayyorlangan yorqin konsertdan bahramand bo‘lishdi.
InfinBank mamnuniyat bilan bu ezgu tadbirni qo‘llab-quvvatladi va bolalarga sovg‘alarni taqdim etib tadbir hamkoriga aylandi. InfinBank uchun bu kabi tadbirlarda ishtirok etish nafaqat ijtimoiy mas’uliyat, balki chin dildan quvonch bag‘ishlab, bolalikni yanada yorqinroq va baxtliroq qilishda ko‘mak berish imkonidir.
“Bolalar – bizning kelakagimiz, va ularni qo‘llab-quvvatlash va e’tibor qaratish bizning umumiy vazifamizdir. Bu muhim bayramda o‘z hissamizni qo‘shishimiz va bolalarga biroz bo‘lsada g‘amxo‘rlik va quvonch hadya qilganimizdan juda hursandmiz” – dedi InfinBank’ning marketing va reklama bo‘yicha direktori Elvira Gimadiyeva.
Eng jajjilarning tabassumidan boshlab e’tibor va g‘amxo‘rlik dunyoni yanada yaxshilik tomon o‘zgatririshiga ishonamiz.