So‘m yo‘qotishlarni qisman qopladi, ammo bu hali yetarli emas
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 23 may holatiga ko‘ra, AQSH dollarining kursі 12 899 so‘mni tashkil etmoqda. Bir hafta ichida O‘zbekiston milliy valyutasi 0,65% ga mustahkamlandi.
Bu ijobiy dinamika hisoblansa-da, so‘mning oldingi yo‘qotishlarini hali to‘liq qoplamaydi. Xususan, undan oldingi haftada so‘m 0,72%ga, undan avval esa 0,32%ga pasaygan edi.
Ko‘p ehtimol bilan, so‘m Rossiya rubli bilan bog‘liq korrelyatsiyani qayta tikladi. Oxirgi besh savdo kunida rubl ancha mustahkamlandi.
O‘zbekiston aholisining aprel oyi uchun inflyatsion kutilmalari biroz pasaydi. Markaziy bank hisobotida qayd etilishicha, ko‘rsatkich 14,2% ni tashkil etgan — bu kelasi 12 oydagi o‘rtacha narxlar o‘sishi bo‘yicha prognozdir. Mediana ko‘rsatkich esa 0,1%ga pasayib, 11,4%ni tashkil etdi.
Agar inflyatsiya real holatda ham pasayishda davom etsa, so‘m barqarorroq harakat qilishi va qatʼiyroq ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Kelasi haftada dollar/so‘m valyutalari jufti 12 880 — 13 000 so‘m atrofida savdolashishi kutilmoqda.
Anna Bodrova, “Alpari” tahlilchisi