Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 29/03/2025 Skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi

Skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O'zeltexsanoat" uyushmasiga Xitoyning "Shandong Qinlu Energy Technology" va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida uyushma raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov "Shandong Qinlu Energy Technology" kompaniyasi bosh direktori Jeyms Ji va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyasi sotuv direktori Dun Szinli bilan muzokaralar olib bordi.

Muzokarada mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda yurtimizda skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish muhokama qilindi.

Shuningdek, ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlarni kooperatsiya asosida ichki bozorda sotish bo'yicha ham fikrlar bildirildi.

Uyushma mas'ullari Xitoy kompaniyalari vakillariga mamlakatimda biznes uchun yaratilgan qulay-muhit, shart-sharoitlar haqida atroflicha ma'lumotlar berdilar.

Xorijiy kompaniyalar vakillari o'z navbatida yangi loyihalar bo'yicha takliflar va kutiladigan ijobiy natijalarga oid fikrlarini bildirib o'tdilar.

Uchrashuv so'ngida tomonlar yuqorida ta'kidlangan yo'nalishlarida o'zaro hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishlarini, hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling