Sirdaryodan kelgan delegatsiya Turpanda qishloq xo'jaligi texnologiyalarini o'rganmoqda

Sirdaryodan kelgan delegatsiya Turpanda qishloq xo'jaligi texnologiyalarini o'rganmoqda

Sirdaryodan kelgan delegatsiya Turpanda qishloq xo'jaligi texnologiyalarini o'rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Turfan shahrida bo‘lib turgan Sirdaryo viloyati delegatsiyasi bugun qishloq xo‘jaligida suvni tejash, hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha qator obyektlar faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya dastlab Olovtog‘ shaharchasi Bodom qishlog‘idagi tarvuz yetishtirish maydonlarida bo‘lib, yuqori samarali suv tejovchi texnologiyalar asosida tashkil etilgan agroloyihalarni ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng Sanbao shaharchasidagi Afandi qishlog‘ida poliz ekinlari, xususan tarvuz va qovun yetishtirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, tomchilatib sug‘orish tizimlari va hosildorlikni oshirish usullari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Yaer shaharchasidagi intellektual suv tejovchi uzumchilik namoyish bog‘ida bo‘lib, raqamli boshqaruv, namlik nazorati va suv sarfini minimallashtirishga qaratilgan yechimlar bilan tanishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling