Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 19/06/2025 Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va islohotlarning joylardagi amalga oshirilishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida sanoat, tibbiyot, turizm, energetika sohalaridagi korxonalar va obyektlar bilan tanishish, shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha kelgusi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling