Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Texnologiyalar 22/06/2025 Shanxayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi

Shanxayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shanxay shahrida O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Ushbu markaz “O‘zbekiston–2030” va “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyalarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va istiqbolli maqsadlarni amalga oshirishda muhim qadam sanaladi.

Ta’kidlash joizki, markazning asosiy maqsadlaridan biri – O‘zbekistonga Xitoy IT kompaniyalari va xalqaro grantlarni jalb etish, shuningdek, mahalliy raqamli xizmatlar va IT mahsulotlar eksportini kengaytirishdir.

Marosim doirasida IT Parkning Xitoy bozoridagi rejalari, IT xizmatlari, soliq imtiyozlari va kadrlar tayyorlash dasturlari haqida taqdimot o‘tkazildi. tomonidan O‘zbekistondagi raqamli islohotlar va amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Markaz faoliyati “Shanghai Oriental Credits Industrial Development Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur to‘rt qavatli binodan markazning faoliyati uchun ajratilgan birinchi qavatda 2 ta majlis zali, qabulxona va mahalliy IT mahsulotlarini namoyish qilishga mo‘ljallangan maxsus ko‘rgazma maydoni joylashadi.

Markazda doimiy faoliyat yuritish uchun Shanxayda tahsil olayotgan yurtdosh talabalar ham ishtirok etishlari mumkin. Ularga respublika miqyosidagi AKT sohasidagi loyihalar, tizim tashkilotlarining IT yechimlari hamda mahalliy kompaniyalar xizmatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan axborot materiallarini tayyorlash vazifalari berilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan “Raqamli dunyo” loyihasi doirasida markaz faoliyatiga ko‘ngilli tarzda qo‘shilgan fuqarolarga “IT ambassador” maqomi beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling