Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 27/06/2025 Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Energetika vazirlarining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Energetika vazirlarining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-iyun kuni Xitoyning Ningbo shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlar Energetika vazirlarining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda tashkilotga aʼzo davlatlar Energetika vazirlari hamda SHHT Kotibiyati vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda energetika sohasini barqaror rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Xalqaro energetika bozorlaridagi beqarorlik sharoitida hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, energetika xavfsizligi, energetika infratuzilmasini himoya qilish, investitsiyaviy hamkorlikka koʻmaklashish, shuningdek, mintaqaviy energetikani barqaror rivojlantirish maqsadida adolatli energetikaga oʻtish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda SHHTga aʼzo davlatlarning energetika hamkorligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasi ustida ishlashni davom ettirishga kelishib olindi.

Anjumanda aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining Barqaror energetikani rivojlantirish boʻyicha qoʻshma bayonoti loyihasi maʼqullandi.

SHHTga aʼzo davlatlar Energetika vazirlarining navbatdagi yigʻilishi 2026-yilda Qirgʻizistonda oʻtkaziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling