Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 19/06/2025 Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida raqamli texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida raqamli texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar ishtirokida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan forumning ochilish marosimi va asosiy sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi va yig‘ilishda nutq so‘zladi.

O‘z nutqida vazir raqamli transformatsiya jarayonlari, axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy etish orqali ShHT davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli infratuzilmani kengaytirish va raqamli xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir doirasida ishtirokchi davlatlar raqamli texnologiyalar yo‘nalishida tajriba almashish, raqamli xavfsizlikni ta’minlash, sun’iy intellekt va boshqa raqamli yechimlarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, vazir tadbir ishtirokchilarini joriy yilning 23–26-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “ICTWeek–2025” haftaligiga taklif qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling