Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
Iqtisod 18/07/2025 “Shahrisabz – Kitob” yo‘nalishida 20 ta zamonaviy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

 “Shahrisabz – Kitob” yo‘nalishida 20 ta zamonaviy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Humoyun” korxonasi tomonidan olib kelingan AsiaStar rusumli 20 dona zamonaviy avtobuslar “Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” avtobus yo‘nalishida faoliyatini boshladi.

Avtobuslarning yo‘nalishga chiqarilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Murodjon Azimov, mas’ullar va faollar ishtirok etdi.

“Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” avtobus yo‘nalishning umumiy masofasi 15,7 km ni tashkil etadi. Yo‘nalishdagi avtobuslar kuniga 20 ming nafar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling