Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
Iqtisod 11/03/2025 Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shahrisabz aeroporti 13-25 mart kunlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Transport vazirligining xabar berishicha, 2025-yil 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025-yil 25-mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagi ta’mirlangandan so‘ng aeroport o‘rta masofaga mo‘ljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling