Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 24/03/2025 Senatda Vyetnam elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Senatda Vyetnam elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 24-mart kuni Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Mamatkarimov Vyetnam Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi  Dan Min Kxoy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi aloqalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, 2024 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 189,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan, shundan eksport 17,7 mln dollar, import esa 175,6 mln dollarni tashkil qildi.

Shuningdek, uchrashuvda turizm sohasidagi ulkan salohiyatga eʼtibor qaratildi. Davlatlar fuqarolari o‘rtasida o‘zaro turistik tashriflarni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Muloqot davomida joriy yil 5-9-aprel kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘tkazilishi haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, ushbu nufuzli tadbir tarixda birinchi bor O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda va unda Parlamentlararo ittifoqning 190 ga yaqin aʼzo davlatlaridan 2 000 nafarga yaqin parlament aʼzolari ishtirok etadi.

Elchi Vyetnam Milliy Majlisi Raisi Chan Txan Man boshchiligidagi 120 nafarga yaqin delegatsiya aʼzolari ham mazkur Assambleyada ishtirok etishini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida Parlamentlararo ittifoq anjumaniga tayyorgarlik ishlari, tashkiliy masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling