Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 27/05/2025 Senatda UNIСEF ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda UNIСEF ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Joriy yil 26-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNIСEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va UNIСEF o‘rtasida bolalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, inklyuziv va sifatli taʼlimni joriy etishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish, inklyuziv loyihalarni amalga oshirish, sohada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro forumlar va tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha birgalida amalga oshiriladigan ishlarni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida amaliy loyihalarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston va UNIСEF o‘rtasida konstruktiv va samarali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

 

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling