Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 04/04/2025 Senatda Shvetsiya bilan parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Senatda Shvetsiya bilan parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish  masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 4-aprel kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva Shvetsiya Qirolligi parlamenti (Riksdag)ning Vitse-spikeri Yuliya Kronlid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish uchun o‘zaro tashriflarni yana-da faollashtirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va parlament qo‘mitalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr yuritildi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat parlament qo‘mitalari hamda mahalliy Kengashlar o‘rtasida muloqotni takomillashtirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling