Valyuta kurslari 13/08/2025
$1 – 12509.83
UZS – -0,63%
€1 – 14520.16
UZS – -0,93%
₽1 – 156.55
UZS – -0,69%
Qidirish
O‘zbekiston 02/06/2025 Senatda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 2-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Elchining O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatining muvaffaqiyatli va samarali davri sarhisob qilindi. Uning so‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi qayd etildi.

Parlamentlararo, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish uchun asos sifatida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shuningdek, ikki tomonlama muloqotni faollashtirishda parlamentlarning ahamiyati ortib borayotgani qayd etildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling