Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Senatda Kiprning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2 may kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodik Safoyev Kipr Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kipros Yorgallis bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda faol rivojlanayotgani taʼkidlandi.
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, parlament delegatsiyalari bilan almashish va qonunchilik faoliyati tajribasi bilan o‘rtoqlashish muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.