Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 27/05/2025 Senatda Global yashil o‘sish instituti (GGGI) Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Global yashil o‘sish instituti (GGGI) Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-may kuni Senatda Oliy Majlis yuqori palatasi rahbari Tanzila Narbayevaning Global yashil o‘sish instituti (GGGI) Assambleyasi raisi Pan Gi Mun bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida GGGI ning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, institutning “yashil” transformatsiya bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish, shuningdek, iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi doirasidagi mamlakat majburiyatlarining bajarilishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Alohida eʼtibor Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarga xalqaro yondashuv, so‘nggi yillarda ushbu hududni qayta tiklash va barqaror rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘rmonzorlar barpo etish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarga qaratildi. Shuningdek, parlament ekspertizasini chuqurlashtirish va “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro darajada milliy iqlim tashabbuslarini ilgari surish, normativ-huquqiy bazani rivojlantirish, atrof-muhit ifloslanishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasida tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling