Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 13/06/2025 Senat Raisi Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Senat Raisi Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jeneva shahrida Xalqaro mehnat tashkilotining 113-sessiyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat mobaynida O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, amalga oshirilayotgan qator muhim tashabbuslar va loyihalar muhokama qilindi.

Jumladan, har yili ijtimoiy mehnat huquqlari va boshqa yo‘nalishlarda XMT bilan imzolanayotgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda “Strategiya – 2030” doirasida olib borilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillari bilan to‘la uyg‘un ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda munosib mehnat bo‘yicha 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturining amalga oshirilishi bo‘yicha fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling