Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 22/02/2025 Senat Malayziya bilan huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Senat Malayziya bilan huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan yana bir hujjat  “O‘zbekiston Respublikasi bilan Malayziya Hukumati o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonundir.

 Ushbu Shartnomada jinoiy ish bo‘yicha tergov hamda boshqa protsessual harakatlarni o‘tkazish bilan bog‘liq huquqiy yordam ko‘rsatish asoslari va shartlari ko‘rsatib o‘tilmoqda. Shuningdek, so‘rov shakli va mazmuni, uning ijrosini taʼminlash, huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish asoslari hamda Shartnoma doirasida olingan maʼlumot va dalillardan foydalanishda cheklovlar bilan bog‘liq masalalarga aniqliklar kiritilmoqda.

Qonun bilan ratifikatsiya qilinayotgan Shartnomada shaxslarning manzili yoki ularning shaxsiga aniqlik kiritish masalalari belgilab qo‘yilmoqda. So‘rayotgan Tomon murojaatiga ko‘ra so‘ralayotgan Tomon o‘z qonunchiligi doirasida so‘rovda ko‘rsatilgan shaxs so‘ralayotgan Tomon hududida ekanligiga yetarli asos mavjud bo‘lganda uni topish hamda shaxsini aniqlashda zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi nazarda tutilmoqda.

Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatining jinoiy ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rish davomidagi samaradorligini oshirishga, shuningdek, Malayziya Hukumati bilan jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish qonuniy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling